14:13 / 13.08.2020
3 277

Rasman: 17 avgustdan boshlab qanday faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda?

Rasman: 17 avgustdan boshlab qanday faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda?
Arxiv surat
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:
2020 yil 17 avgustdan boshlab:
- hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklash;
- jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno). Ushbu transport faoliyatini tashkil etish uchun:
- har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va konduktorlarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 370S va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi;
- jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi va ular orasida ijtimoiy masofa saqlanishi, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishi zarur;
- diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta’minlagan holda). Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasman: 17 avgustdan boshlab qanday faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda?