2 467
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 356 litrdan ziyod alkogolli energetik ichimliklar to‘xtatib qolindi
Chet elda ishlab chiqarilgan, tarkibida alkogol mavjud bo‘lgan energetik ichimliklarning bojxona nazoratidan yashirin ravishda olib kirilishi eng avvalo ularning sifatini shubha ostiga qo‘yadi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekzor tadbirda fuqaro O‘.Yu. boshqaruvida chegaradosh hududdan harakatlanib kelayotgan “Lada Largus” rusumli avtomashina kuzatuvga olinadi.
Mazkur avtomashina Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashina salonida muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 792 dona alkogolli energetik ichimliklar borligi aniqlandi.
Sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 356 litr mazkur ichimliklarning jami qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 20 mln. 592 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi