18:52 / 15.08.2020
715

220 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

220 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida “Nanay-Namangan” yo‘nalishida xarakatlanayotgan fuqaro B.O. boshqaruvidagi “SNNTS” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 220 million so‘mlik
2086 dona choyshablar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)