16 avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Shuhrat Boymurodov koronavirus epileptik xurujni (tutqanoq) chaqirishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
Shuhrat Boymurodovning aytishicha, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi epilepsiya xurujini chaqirishi to‘g‘risida isbotlangan ma’lumotlar yo‘q.
«Ammo epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda isitma (ayniqsa, bolalarda), infeksiya, kam uxlash va umumiy holsizlik holatlari xurujni chaqirishi mumkin», – dedi mutaxassis.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik ma’lumotlariga ko‘ra tutqanoq kasalligi Yer sharining turli yoshda bo‘lgan 0,5 foiz aholisida uchraydi.
Unga xos belgilar hushdan ketish va tana mushaklarining ayrim guruhlarida titrash ro‘y berishidir. Ba’zi hollarda tutqanoq bemor tanasining hamma mushaklarida yoki diffuz (tarqoq) holda ro‘y berishi mumkin. Bu kasallikning kelib chiqishi ba’zan irsiyat bilan ham bog‘liq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi