11:15 / 22.08.2020
2 457

Fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlari yanada mustahkamlanmoqda

Fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlari yanada mustahkamlanmoqda
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi www.parliament.gov.uz saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda ishlab chiqildi.

Loyihada har bir shaxsning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini ta’minlashga oid munosabatlar tartibga solingan.

Loyihada quyidagi asosiy yangiliklar nazarda tutilgan:
- qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi yagona qonunga birlashtirildi;
- vijdon erkinligini ta’minlash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplari o‘rnatildi;
- sohada vakolatli bo‘lgan davlat organlarining vazifa va funksiyalari chegarasi aniq belgilab berildi;
- diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillari yengillashtirildi, xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi, ularni notarial va boshqa ko‘rinishlarda tasdiqlashga oid talablar bekor bo‘ldi, davlat xizmatlari to‘liq elektron ko‘rinishda amalga oshirilishi joriy etildi, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari aniq belgilandi.

Quyidagi tartiblarlarning bekor bo‘layotganligi mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlashga jiddiy qadam qo‘yilganligidan dalolat beradi:
- diniy tashkilotni tuzishda mahalla fuqarolar yig‘inlari roziligini olish tartibi bekor bo‘lmoqda;
- diniy tashkilotni tuzish tashabbuskorlarining soni 100 nafardan 50 nafarga qisqartirilmoqda;
- diniy ta’lim mussasalarida diniy ta’lim beruvchi shaxslarga markaziy boshqaruv organining roziligini olish talabi bekor bo‘lmoqda;
- diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishning 3 oylik muddati 1 oy etib belgilanmoqda;
- diniy tashkilotning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ustavidan dublikat olish tartibi bekor bo‘lmoqda.

Loyiha bilan o‘rnatilayotgan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga to‘liq mos keladi.
Loyihani ishlab chiqish jarayonida xalqaro huquq normalari, rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid tajibalari o‘rganildi, tahlil qilindi va ulardan foydalanildi. Xorijiy ekspertlarning fikrlari inobatga olindi.
Ushbu loyiha muhokamasida ekspertlar, mutaxassislar va barcha fuqarolar o‘zlarining takliflari bilan qatnashishi mumkin.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlari yanada mustahkamlanmoqda