08:45 / 23.08.2020
2 430

DXX Namanganda Suriyadagi jangarilar bilan aloqa bog‘lagan guruhni qo‘lga oldi

DXX Namanganda Suriyadagi jangarilar bilan aloqa bog‘lagan guruhni qo‘lga oldi
DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kosibchilik bilan shug‘ullanuvchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi profili orqali diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish «Abu Saloh», «Sodiq Samarqandiy» va boshqalarning hijrat, jihodga chorlovchi audio-video materiallarini joylashtirib, targ‘ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, Suriyadagi jangarilar bilan virtual aloqa bog‘lab, Rossiyadagi tanishlari orqali ularga bir necha marotaba pul mablag‘lari jo‘natgan.

Mazkur fuqaro o‘g‘li, jiyani, sinfdoshi va tanishlarini — jami 6 kishini o‘z virtual guruhiga qo‘shgan.
Guruh a’zolarining yashash manzillaridan 7 ta mobil telefon apparati, 80 ta DVD va CD disklar, 2 ta mikrochip, 2 ta flesh-karta, 1 dona kitob va 1 dona daftar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Namanganda Suriyadagi jangarilar bilan aloqa bog‘lagan guruhni qo‘lga oldi