17:37 / 23.08.2020
2 142

«O‘zbekneftgaz» mas’ullari 297 mln so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilgani aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» mas’ullari 297 mln so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilgani aniqlandi
«O‘zbekneftgaz»ning hududiy boshqarma mas’ul xodimlari 297 million so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati Romitan tuman bo‘limi tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, boshqarmaga qarashli Suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi hamda hududiy uchastkalarning tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha javobgar shaxslari N.B. va B.U. tomonidan o‘zining ixtiyorida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni saqlash va sarflashda ichki tartib-qoidalariga rioya qilmasdan, ishonib topshirilgan jami 297,8 million so‘mlik quvur va ikkilamchi qora metallarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan javobgar shaxs N.B. va B.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekneftgaz» mas’ullari 297 mln so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilgani aniqlandi