23:53 / 24.08.2020
1 974

Dori vositalarini elektron buyurtma qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Dori vositalarini elektron buyurtma qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Muhabbat Ibragimova vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi savollariga javob berdi.

— Dorixonaga borishga imkoni yo‘qlar dori vositalarini elektron tarzda xarid qilishlari mumkinmi?
— Ha, mumkin. «Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq, elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tarzda sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Faqat ularni saqlash va yetkazib berishda xavfsizlikni ta’minlagan holda, shuningdek, qonunchilik talablaridan chetga chiqmasdan amalga oshirilishi shart. Ayni vaqtda dori vositalarini yetkazib berishni takomillashtirish uchun «elektron dorixona» tizimini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bu orqali mahalliy dorixonalarning yagona elektron bazasi shakllanadi, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish ta’minlanadi.

— Elektron tarzda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlar aholiga qanday tartibda yetkazib berilishi kerak?
— Bunda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali chakana sotishda dorixonalarga tegishli veb-saytlar yoki

mobil ilovalarda yuridik shaxsning nomi, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, INN raqami, joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bog‘lanish telefon raqami, litsenziya raqami, amal qilish muddati, uni bergan organ nomi ko‘rsatilishi majburiy.

Shuningdek, elektron savdo manzilida dori vositalari va tibbiy buyumlar haqidagi ma’lumotlar, jumladan xalqaro patentlanmagan nomi va savdo nomi, chiqarilgan shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqargan davlat (yetkazib beruvchi), qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, chakana narxi, savdo ustamasi miqdori, muvofiqlik sertifikati, analoglarning mavjudligi, hisob-kitob shakli, yetkazib berish tartibi va narxi ko‘rsatilishi shart.

Mahsulotlar tibbiy buyumlar va dori vositalarini tashish uchun maxsus jihozlangan transportlarda farmatsevtik ma’lumotga ega mutaxassis tomonidan yetkazib berilishi belgilab qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dori vositalarini elektron buyurtma qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?