10:55 / 08.09.2020
2 748

Tadqiqot: o‘pka va yurak COVID-19’dan keyin asta-sekin tiklanadi

Tadqiqot: o‘pka va yurak COVID-19’dan keyin asta-sekin tiklanadi
Avstriyalik olimlar tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, vaqt o‘tishi bilan koronavirus infeksiyasidan zararlangan o‘pka va yurakning faoliyati tiklanadi.

Insbruk tibbiyot universiteti olimlari o‘rtacha 61 yoshdagi 86 nafar bemorning (jami 150 kishi) kuzatish natijalarini e’lon qildi, deb yozadi CNN. Ulardan 21 foizi COVID-19’dan intensiv ravishda davolangan, yana 19 foizi esa o‘pka sun’iy ventilyatsiyasiga o‘tkazilgan.

Ishtirokchilarning taxminan 65 foizida olti haftalik tiklanishdan so‘ng birinchi tekshiruvda nafas qisishi va yo‘tal kabi belgilar saqlanib qolgan. Yana olti hafta o‘tgach, faqatgina 39 foizida nafas qisishi, 15 foizida yo‘tal bo‘lgan. 6 haftadan 12 haftagacha o‘pka va yurak faoliyati ko‘rsatkichlari yaxshilandi.

Kompyuter tomografiyasi shuni ko‘rsatdiki, bu davrda o‘pkaning umumiy shikastlanishi sakkiz balldan to‘rt ballgacha pasaygan. Masalan, pnevmoniyadan shikastlanish va organda suyuqlik to‘planishi (“xira oyna” simptomi) dastlab bemorlarning 88 foizida, 12-haftada esa 56 foizida kuzatilgan.

Yurak exokardiogrammasi shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning 58 foizida chap qorincha disfunksiyasi mavjud bo‘lib, yallig‘lanish darajasi sezilarli darajada oshgan. “Chap qorincha diastolik funksiyasi kasallik og‘irlik darajasining belgisidir, ammo biz uning vaqt o‘tishi bilan yaxshilanganligini kuzatdik”, deya izoh berdi tadqiqot hammuallifi Sabina Saxanik.

Germaniya va Italiya olimlari tomonidan olib borilgan yana bir tadqiqot natijalariga ko‘ra, COVID-19 hatto yengil shaklda ham yurakka asorat beradi. Jamoa bemorlar holatini taxminan bir xil vaqt ichida baholadi va yurak muammolari qisqa muddatli yoki uzoq muddatli bo‘lishi to‘g‘risida hali aniq xulosalar qilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadqiqot: o‘pka va yurak COVID-19’dan keyin asta-sekin tiklanadi