22:36 / 14.09.2020
2 316

Import qilinadigan benzin narxi pasayishi kutilmoqda

Import qilinadigan benzin narxi pasayishi kutilmoqda
O‘zbekistonga import qilinadigan benzin yoqilg‘isi arzonlashi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz Energetika vazirligi vakiliga ma’lumotiga tayangan holda xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, «UNG PETRO» MCHJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin yoqilg‘isi narxi pasayishi kutilmoqda. Bu xorijdan import qilinadigan benzin hajmi ko‘payishi va transport xarajatlari pasayishi bilan izohlanadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15 sentabr kunidan boshlab AYOQSHlardagi import qilingan AI-92 markali benzinning narxi 6000 so‘mdan 5,500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning AI-92 markali benzinining narxi esa 5,800 so‘mdan 5,500 so‘mga arzonlashtirilmoqda.

Avvalroq, «O‘zbekneftgaz» 20 iyundan boshlab yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 markali import benzinning narxi 5500 so‘mga chiqishi (o‘sha paytda 5000 so‘m edi) haqidagi tarqalgan xabarlarni rad etgandi.

«O‘zbekneftgaz» qayd etishicha, yoz oylarida xorijiy benzin ishlab chiqaruvchi hamkor korxonalar eksport hajmini pasaytirgandi. Shu tufayli, import qilinadigan benzin narxida qariyb ming so‘m o‘sish kuzatilgan.

Tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan o‘tgan hafta savdolari yakuniga ko‘ra, savdoga qo‘yilgan 45 ming 314 tonna AI-80 markali avtomobil benzinidan 23 ming 117 tonnasi, ya’ni 51 foizi sotilgan. Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 869,7 ming so‘mdan 4 905,4 ming so‘mgacha ya’ni 0,7 foizga ko‘tarildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 4 907,5 ming so‘mni, AI-91 – 5 584,2 ming so‘mni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Import qilinadigan benzin narxi pasayishi kutilmoqda