Urgut tumanida yashovchi fuqaro G.Ergasheva oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i H.Islomovning uyidan ketishga majbur bo‘lgan.
Biroq voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarini olib ketolmagach, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga murojaat qilgan.
Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan G.Ergashevaning voyaga yetmagan 2014 yilda tug‘ilgan farzandi A.Sharofiddinovni hamda 2015 yilda tug‘ilgan farzandi N.Sharofiddinovlarni onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 3 avgust kuni bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda «ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.
Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolalarni onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor farzandlarini onasiga berishdan bosh tortgan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 14 sentabr kuni davlat ijrochilari tegishli organlar va xolislar ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilingan holda ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari onasi G.Ergasheva tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi