
Bugun davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida vafot etdi.
O‘ktam Barnoyev 1997-2000 yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2000-2002 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida rahbar, 2002-2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida yetakchi mutaxassis, 2004-2005 yillarda hukumatning Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005-2007 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.
2007-2008 yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2011-2016 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i, 2016 yilda «O‘zagrokimyo» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida xizmat ko‘rsatgan. U 2016 yil dekabrida Buxoro viloyati hokimligiga tayinlangan. 2020 yil 28 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar