Foto: iStock
BMT dunyodagi odamlarning nimalarni istashlari va nimalardan qo‘rqishlarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda butun dunyodan milliondan ko‘proq odam ishtirok etdi.
BMT ushbu so‘rovnomani 75 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazdi. “BMT 75: biz istayotgan kelajak, bizga kerak bo‘lgan BMT” deb nomlangan tadqiqot natijalari 21 sentabrda taqdim etildi. Ekspertlar odamlar o‘z hukumatlari va xalqaro tashkilotlardan nimalarni kutishlarini aniqlashgan.
Tadqiqotga ko‘ra, odamlar istayotgan birinchi navbatdagi narsalar sog‘liqni saqlash tizimi, toza suv, gigiyena vositalari va ta’lim olish imkoniyatlariga ega bo‘lish hisoblanar ekan.
So‘ralganlardan 300 ming nafari sog‘liqni saqlashni alohida ta’kidlab o‘tgan. Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, so‘rovnoma ishtirokchilaridan 72 foizi sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalana olish darajasi kelgusida hozirgidek darajada qolishi yoki yaxshilanishini aytishgan.
Shuningdek, odamlar “nochorlik, tengsizlik va ishchizlikka barham berilishini” ustuvor maqsad, deb hisoblashadi. Respondentlar uzoq muddatli maqsadlar orasida “ta’lim imkoniyatlaridan barchaning foydalana olishi va ayollar tenghuquqligini” aytib o‘tishgan.
Shuningdek, tadqiqotda sayyoramizdagi odamlar nimalardan ko‘proq qo‘rqishlari aniqlashtirilgan. Bu qo‘rquvlar quyidagilardan iborat ekan:
- iqlimning sezilarli o‘zgarishi - respondentlardan 49 foizi sayyoramizda ekologik vaziyat yomonlashmoqda, deb hisoblaydi;
- korrupsiya - 41 foiz so‘ralganlar fikricha, bu borada vaziyat yomonlashmoqda;
- nochorlik;
- ixtiloflar.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Bosh assambleyasining tantanali yig‘ilishidagi nutqida o‘z fuqarolari istaklarini ro‘yobga chiqarish davlatlar majburiyati hisoblanishini ta’kidlab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi