21:12 / 23.09.2020
2 621

Egalik huquqi bo‘lmagan fuqaro uydan chiqarildi

Egalik huquqi bo‘lmagan fuqaro uydan chiqarildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 07.02.2020 yildagi 2-1004-1911/27635–sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor G.Zaripova va boshqalarni undiruvchi A.Agzamovni foydasiga Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sh.Zayniddin ko‘chasida joylashgan xonadondan boshqa turar-joy bermagan holda ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisining 11.09.2020 yil kundagi xabarnomaga ko‘ra qarzdorlar, undiruvchi va tegishli tashkilotlarga 21.09.2020 yil soat 15:00 ga ijro hujjatini majburiy ijrosini amalga oshirish uchun pochta aloqasi orqali xabarnoma yuborilgan.

21.09.2020 yil yuborilgan xabarnoma yuzasidan 21.09.2020 yil kuni ijro hujjatida ko‘rsatilgan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sh.Zayniddin ko‘chasida joylashgan xonadonga chiqilib qarzdorlar boshqa turar joy berilmagan xolda ko‘chirib chiqarilib O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan ijrosi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Egalik huquqi bo‘lmagan fuqaro uydan chiqarildi