19:35 / 24.09.2020
2 254

Fuqaroga 84,9 mln. so‘m miqdorida ulush undirib berildi

Fuqaroga 84,9 mln. so‘m miqdorida ulush undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 06.07.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor X.Bahodirovdan undiruvchi Sh.Bahodirova foydasiga 84 mln. 919 ming 500 so‘m ulush va davlat foydasiga 3.396.780 so‘m boj undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 04.09.2020 yilda kelib tushgan edi.

Shu kuni ijro ishi yuritishni ko‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan bo‘lsada, qonun talablari asosida qarzdorga nisbatan berilgan ixtiyoriy muddat davomida qarzdorlik qoplanmadi.

Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘lim davlat ijrochisi A.Xodjayev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 24 sentabr kuni qarzdor X.Baxodirovdan undiruvchi Sh.M.Baxodirova foydasiga 84.919.500 sum va davlat foydasiga 3.396.780 so‘m davlat boji undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga 84,9 mln. so‘m miqdorida ulush undirib berildi