08:47 / 04.10.2020
2 404

MIB 13 ming dollar qiymatidagi ijro ishi masalasiga oydinlik kiritdi

MIB 13 ming dollar qiymatidagi ijro ishi masalasiga oydinlik kiritdi
Joriy yilning 03 oktabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijo byurosining Namangan viloyat boshqarmasida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifing 29 sentabr kungi ijro haarktlari davomida marhuma G.Dadaboyevaning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq masalalarga qaratildi.
Tadbirda, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi va shahar bo‘limi Namangan shahar IIB, viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari hamda rasmiy elektron nashr vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, joriy yilning 29 sentabr kuni Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli marhuma Gulandom Dadaboyeva ijro haarkatlari davrida o‘z joniga qasd qilib, ustiga benzin yoqilg‘isi bilan yoqishi natijasida vafot etgan edi.

Ushbu holat bo‘yicha Ijtimoiy tarmoqlar va jamoatchilik e’tiborida bo‘ldi. Voqeani kuzatib borganlar uydan chiqishi lozim bo‘lgan marhumaning onasi Muhabbat Dedeboyevaning foydasiga qarzdor F.Nasriddinovadan 13 000 AQSH dollariga teng 131 mln. 991 ming so‘mni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ijrosi hozirda ta’minlanamayotganligi haqida aytib o‘tilgan edi.

Brifing davrida MIB Namangan viloyati va shahar bo‘limi mas’ullari izoh berishdi. Mas’ul xodimlar ushbu voqea tashvishli holat bo‘lganligi va marhuma G.Dadaboyevaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib o‘tdi.

Haqiqatdan ham, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining 09.06.2020 yildagi ijro xujjatiga asosan F.Nasriddinovadan undiruvchi M.Dedabayeva foydasiga 13.000 AQSH dollariga teng bo‘lgan qiymatda 131.991.470 so‘m moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 27.06.2020 yilda kelib tushgan.

Qarzdor F.Nasriddinovaning egalik huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli moliya, kredit va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorning nomida hech qanday mol-mulklar aniqlanmagan. (qarzdor F.Nasriddinovaning yotoqxonasidagi olingan va ehtiyojidan ortiq mol-mulki yo‘qligi haqidagi fotosuratlar ham mavjud)

Hozirda qarzdor F.Nasriddinova Namangan viloyati Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim boshqarmasiga qarashli Namangan shahar “Gulbog‘” MFY hududida joylashgan Namangan shahar 1-sonli Pedagogika kollejining yotoqxonasida bir xonasida (qo‘shimcha xonasi yo‘q), olti nafar farzandlari birgalikda yashayotganligi hamda yashash ehtiyojidan ortiqcha bo‘lgan mol-mulklar yo‘qligi aniqlangan.
Davlat ijrochisi tomonidan belgilangan moddiy zarar summalarini to‘lashi talab etilishi bo‘yicha og‘zaki va rasman 18.08.2020 yilda ogoxlantirilib, 28.08.2020 yilda hamda 12.09.2020 yilda, holat yuzasidan tushuntirish xati olingan.

Bundan tashqari, 2020 yil 22 sentabr kuni qarzdorning yashash sharoiti yana o‘rganilganda, ushbu yotqoxonadagi fuqaro va mas’ul xodimlar F.Nasriddinova 2020 yilning fevral oyidan beri yashayotganligi, turmush o‘rtog‘i yo‘q bo‘lsada olti nafar farzandni o‘zi boquvchisi ekanligini, sharoiti og‘irligi sababli, F.Nasriddinova yashayotgan xona esa M.Akramovaning o‘g‘li A.Valijanovga tegishli ekanligini, F.Nasriddinovaning boshqa boradigan joyi yo‘qligi uchun M.Akramova unga vaqtincha yashash uchun ruxsat berilganligi ma’lum bo‘lgan.
(Ushbu holat yotoqxonada yashovchi fuqaro va yotoqxona mas’ullaridan olingan tushuntirish xatlari bilan tasdiqlangan).

Holat bo‘yicha xolislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan va xonadon foto-suratga olingan hamda ijro ish hujjatlariga qo‘shilgan.
Davlat ijrochisining qonunchilikda yo‘l qo‘yiladigan barcha harakatlari natijasiz bo‘lganligi sababli ijro xujjati ijrosini ta’minlash imkoni bo‘lmagan. Shunga qaramasdan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB 13 ming dollar qiymatidagi ijro ishi masalasiga oydinlik kiritdi