Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan To‘lqin Teshaboyev Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangan. Bu haqda TATU axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning iyun oyi oxirlarida Toshkent Moliya instituti rektori Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tkazilgandi. Uning o‘rniga shu vaqtgacha prorektor lavozimida ishlab kelgan Sultonali Mehmonov institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
To‘lqin Teshaboyev Toshkent elektrotexnika aloqa instituti birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori, O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi bo‘lib ishlagan.
2012-2014 yillarda u Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, 2014-2016 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais o‘rinbosari bo‘lgan. 2016 yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi