19:46 / 22.10.2020
3 470

Samarqandda ota-bolani o‘ldirib, uyni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi

Samarqandda ota-bolani o‘ldirib, uyni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ota-bola o‘ldirib ketildi, deya xabar bermoqda «Xabar.uz» Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 8 oktabr kuni Paxtachi tuman «Qarnobota» mahallasida istiqomat qiluvchi S.P. (1975 yilda tug‘ilgan, tadbirkor) va uning 19 yashar o‘g‘li S.O‘.ning jasadi o‘z xonadonida qotillik alomatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «i» (ikki yoki undan ortiq shaxsni tamagirlik niyatida qasddan o‘ldirish) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Qotillik yuz bergan xonadon ko‘zdan kechirilganda 48 million so‘m, 1400 AQSH dollari, 2 dona uzuk, 3 juft sirg‘a, 1 dona zanjir kabi taqinchoqlar hamda 1 dona Redmi rusumli uyali telefon apparatini talon-toroj qilingani ham aniqlangan.

Tergov va tezkor qidiruv tadbirlarining oltinchi kuni (2020 yil 14 oktabr kuni) fojia yuz bergan uyga qo‘shni bo‘lgan xonadonning tomidan 1 dona Redmi rusumli uyali aloqa telefon apparati topiladi. Yaxshigina shikast yetgan mazkur telefon apparati marhumlarning biriga tegishli ekani oydinlashgach, ashyoviy dalil tariqasida olinadi.

Telefon apparati sudga oid daktiloskopiya ekspertizasidan o‘tkazilganda unda fuqaro O. O.ning (1976 yilda tug‘ilgan, ikki nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz) barmoq izlari mavjudligini tasdiqladi. Shundan so‘ng ushbu ashyoviy dalil topilgan hududdagi xonadonlarning tom qismlari ko‘zdan kechiriladi va yana bir qo‘shnining tandirxonasi tomidan qon dog‘lari va soch tolalari mavjud bo‘lgan temir bolg‘a topilib, u ham ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Voqealar rivojida asosiy gumon fuqaro O.O.ga tushgach, uning uyda tintuv o‘tkaziladi. Mazkur jarayonda marhumlarning xonadonidan olib chiqib ketilgan 2 dona tilla uzuk, 3 juft sirg‘a, 1 dona zanjir, 29 million 900 ming so‘m pul, shuningdek, qon dog‘lari mavjud bo‘lgan (O.O.ga tegishli) shim, kurtka, oyoq kiyimi, uyning tandirxonasi tomidagi shifer ostidan 1000 AQSH dollari topiladi.

Topilgan moddiy qiymatliklar marhumning turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatilganda ular o‘zlariniki ekanini tasdiqlaydi.

Fuqaro O.O. aybiga iqror bo‘lgan. Uning tan olishicha, u qo‘shnisi S.P.ni o‘ldirib, pul mablag‘larini qo‘lga kiritish va shu tariqa boshqalardan bo‘lgan qarzlaridan qutulish uchun 2020 yil 8 oktabr kuni kechasi temir bolg‘a bilan qurollanib, xonadonga bostirib kiradi va xonadon egasi S.P. va uning o‘g‘lini bolg‘a bilan bosh qismiga urib qasddan o‘ldiradi.

Voqea joyidan yashirinish paytida esa marhumga tegishli telefon va temir bolg‘ani yaqin atrofdagi uylar tomiga uloqtirib yuboradi.
Ayni paytda O.O. hibsga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ota-bolani o‘ldirib, uyni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi