09:47 / 01.11.2020
1 732

15 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar litsenziyalari to‘xtatildi

15 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar litsenziyalari to‘xtatildi
Ma’lumki, Adliya vazirligi va uning joylardagi organlari notariuslarning qonuniy faoliyat yuritishi uchun mas’ul.
Bu borada notariuslar faoliyatida muntazam o‘rganishlar o‘tkazib borilmoqda.

Faoliyatida qo‘pol kamchilik yoki qonunbuzarlik aniqlangan notariuslar faoliyati esa to‘xtatib qo‘yilmoqda O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 152-moddasiga muvofiq Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Samarqand viloyat adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegishli qarorlariga asosan notarius to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uchun 14 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyalari to‘xtatildi. Xususan:

Jizzax viloyatida
Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Malikov Muxividdin Mamatovichning (litsenziya GZ № 0001, 20.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 24 oktabridan 3 oy muddatga to‘xtatildi;
Mirzacho‘l tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Xaydarov Abdurafiq Rasulovichning (litsenziya GZ № 0017, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 24 oktabridan 3 oy muddatga to‘xtatildi;
Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Abdujalilov Ulug‘bek Abdumannanovichning (litsenziya GZ № 0003, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 24 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi;
Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Tojiboyev Shuxrat Baxtiyorovichning (litsenziya GZ № 0006, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 24 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi;
Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shernazarov Shuxrat Saxabovichning (litsenziya GZ № 0007, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 24 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi;
Sharof Rashidov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Murtazov Baxtiyor Umarovichning (litsenziya GZ № 0022, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 24 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Andijon viloyatida
Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Raximova Gulrux Xabibullayevnaning (litsenziya AN № 0004, 20.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 27 oktabridan 3 oy muddatga to‘xtatildi;
Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Axmadjonov Alisher Ibroximovichning (litsenziya AN № 00038, 22.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 27 oktabridan 3 oy muddatga to‘xtatildi.

Samarqand viloyatida
Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Saidova Zarina Xisravovnaning (litsenziya SA № 0013, 23.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 29 oktabridan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Farg‘ona viloyatida
Toshloq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Abdullayev Sardorbek Ma’murovichning (litsenziya FA № 0055, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 30 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi;
Qo‘shtepa tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Xomidov Iqbol Abdisalomovichning (litsenziya FA № 0045, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 30 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi;
Marg‘ilon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Israilov Xurshid Muxamadjonovichning (litsenziya FA № 0046, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 30 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi;
Qo‘qon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Karimova Zumratxon Muxtarovnaning (litsenziya FA № 0025, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 30 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi;
Oltiariq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Po‘latov Shuxrat Raxmatjonovichning (litsenziya FA № 0053, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 30 oktabridan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 15 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar litsenziyalari to‘xtatildi