«Babayancha qaytish»: Abdurasul Vahobov yana hokim o‘rinbosari?!

2 daqiqa o'qish2.3K
«Babayancha qaytish»: Abdurasul Vahobov yana hokim o‘rinbosari?!
Foto: Videolavhadan skrinshot
Samvel Babayan va Abdurasul Vahobov boshqa-boshqa soha odami. Ammo ularning qismatida bitta o‘xshashlik borday.

S. Babayan futbol bo‘yicha milliy terma jamoani o‘ziga qo‘shib sharmanda qilgach, bosh murabbiylikdan chetlatish ham gapmi, hatto tizimda boshqa ishlamasligi haqida bong urildi. Biroq, ma’lum vaqt o‘tib, u o‘zbek futboliga qaytdi. Qaytgandayam, mamlakatning nomdor jamoalaridan birining boshqaruvini qo‘lga oldi.

Abdurasul Vahobov — Babayanday mashhur emas. Ammo Kun.uz jurnalistlariga tajovuzi ortidan yaxshigina tilga tushgandi. Shundan keyingi shov-shuvlar, ayniqsa, uning OAV orqali jurnalistni dalil-isbotsiz, biroq ochiq-oshkora og‘ir jinoyatda ayblashi va, pirovardida, baribir suvdan quruq chiqishi shuhratiga shuhrat qo‘shganiyam bor gap. Ayni jarayonda A. Vahobov ishdan chetlatildi (uning xatti-harakatlaridan go‘yoki jinoyat alomatlarini «topolmagan» Toshkent shahar prokuraturasi mutasaddilaridan biri «A. Vahobov ishdan ketishining o‘zi katta jazo» mazmunida gapirib, vaziyatni xaspo‘shlashga uringani esingizdadir). Bugun ma’lum bo‘ldiki, bu vaqtincha ko‘rilgan chora ekan.
«Babayancha qaytish»: Abdurasul Vahobov yana hokim o‘rinbosari?!

Alqissa, jurnalistning «panjasiga panja urishi» natijasida Olmazor tumani hokimi o‘rinbosarligidan ketgan A. Vahobov yana shu lavozimga shunday qaytibdi! Baayni Samvel Babayanning o‘zbek futboliga qaytishidek. Farq shuki, Babayanning futbolga qaytishi yaxshigina shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. A. Vahobovni esa «o‘z o‘rniga olib kelish» pinhona amalga oshirilgani e-endi ayon bo‘lmoqda. Ayon bo‘lgandayam bugun — Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar jazosiz qolishini to‘xtatish xalqaro kunida ma’lum bo‘layotganini ayting?!

Sekinroq gapiraylik, yoqamizdan olishlari mumkinki, sobiq va sodiq hokim o‘rinbosari jinoyatchi deb topilmagan, baski, uning jazosiz qolgani haqida og‘iz ko‘pirtirma, deb... Darhaqiqat, shunday: jurnalistga qilgan tajovuzi (!), ayni jarayonda tahririyat mulkiga shikast yetkazgani (!) shuningdek, uni (jurnalistni) og‘ir jinoyatda ayblab, bunga isbot-dalil keltir(ol)magan (!) bo‘lsa-da, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv o‘tkazgan Toshkent shahar prokuraturasi A. Vahobovning xatti-harakatlarida na ma’muriy huqubuzarlik, na jinoyat alomatlari topolmagan go‘yo... Demakki, ortiqcha iddaoga huquqiy asos yo‘q.

Shunday ekan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2013 yil 18 dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan, har yilning 2 noyabr kuni dunyo miqyosida Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar jazosiz qolishini to‘xtatish xalqaro kuni deb e’lon qilinganini yana bir karra takrorlab, mazkur hujjatda tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar jurnalistlarning xavfsiz faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish, axborot olishni kafolatlash va so‘z erkinligini ta’minlash, jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarga nisbatan zarur choralarni ko‘rishga chaqirilganini ta’kidlashning zarari yo‘q.

Shuningdek, BMTdagilar o‘zbekning «Shu opamga — shu pochcham» yoki «Sulton suyagini xo‘rlamas» kabi maqollarini bilmasligi, bilishniyam istamasligini eslatib o‘tish ham ortiqchalik qilmas.

Nima dedingiz?!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?