Farg‘onada 2 nafar qiz tanishining singlisini ranjitgan qizni «samosud» qildi

1 daqiqa o'qish3.2K
Farg‘onada 2 nafar qiz tanishining singlisini ranjitgan qizni «samosud» qildi
Foto: Videodan skrinshot
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ikki nafar qiz tanishining singlisini ranjitgan qizni «samosud» qildi, deya xabar bermoqda viloyati IIB.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oltiariq tumanida yashovchi 3 nafar turmushga chiqmagan qizning o‘zaro janjali aks etgan videolavha yuzasidan izoh berildi. Jamoat joyida karantin qoidalariga amal qilmagan ikki nafar qiz tanishining singlisini ranjitgani uchun uchinchi qizni «samosud» qilgan.

Mazkur videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDЕO

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning aytishicha, mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun Rishton tumani ma’muriy sudiga taqdim etilgan.

Rishton tumani ma’muriy sudining 23 oktabrdagi hukmiga ko‘ra, qizlarning ikki nafariga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, 1 nafar qizga esa bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?