Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda bugun Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tergov davomida 5 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 116 - (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 167- (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207 - (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-(Mansab soxtakorligi), 228- (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) moddalari bilan ayb e’lon qilingan.
Jinoyat ishi mazmunan JIB (jinoyat ishlari bo‘yicha) Chirchiq shahar sudda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva hibsga olinishi ortidan katta shov-shuv kelib chiqqandi. Shov-shuvlar shifokorga qo‘yilgan ayblovlarda ko‘ra unga nisbatan qo‘llangan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi tevaragida kechgandi. Olti nafar farnzadining (kenjasi ikki yoshdan endi o‘tgan) onasi bo‘lgan G. Yo‘ldoshevaning tergovga majburiy keltirilib, so‘ng «tiqib» qo‘yilishi keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lagandi.
Xususan, G. Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘llangan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi masalasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G. Marufova jiddiy tashvish bildirgan bo‘lsa, Oliy Majlis Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmuratov Bosh prokuratura rasmiylariga «...ayblanuvchining ochiqda qoldirilishi dastlabki tergovga halal bermaydigan bo‘lsa», unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini garov, shaxsiy kafillik yoki uy qamog‘i tarzidagi, qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirishni tavsiya qilgani xabar qilingandi.
Ko‘p o‘tmay voqelikka Senat raisi, shuningdek qator davlat va jamoat arboblari, jumladan Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirganidan keyin G. Yo‘ldoshevaga qo‘llangan ehtiyot chorasi «uy qamog‘i»ga o‘tkazildi. Shuningdek, unga muayyan vaqt ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqot qilish ham ta’qiqlab qo‘yildi.
Mana, «ish» sud oshirilibdi. Bo‘lajak sud majlisi jamoyatchilikka qator «syurpriz»lar taqdim etishi ehtimoldan holi emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”