14:06 / 24.11.2020
4 116

Toshkentda mansabdor katta summa bilan ushlandi

Toshkentda mansabdor katta summa bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov xabar berdi.

Tezkor tadbirda Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.A. fuqaro Sh.A.ning turmush o‘rtog‘ini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 30 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mansabdor katta summa bilan ushlandi