23:00 / 25.11.2020
4 029

Poytaxt hokimligini aqlbovar qilmas harajatlari: bitta shaxsning tushligiga 1,53 million so‘m!

Poytaxt hokimligini aqlbovar qilmas harajatlari: bitta shaxsning tushligiga 1,53 million so‘m!
Ijtimoiy tarmoqlarda "Rais buva" nomi bilan tilgan tushgan kanal muallifi milliardlar sarflangan davlat tadbiri haqida o‘ziga xos karikatura chizgan.

Kechadan buyon tashkiliy masalalarda Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilgan davlat tadbiri, unga sarf etilgan aqlbovar qilmas harajatlar yaxshigina muhokama bo‘layotir. Sarf-u harajat, uning miqdori masalasini nasiya qoldirib, tadbirning o‘ziga izoh bergan poytaxt hokimligi matbuot xizmati «mazkur nufuzli tadbir o‘tkazilishi bo‘yicha hukumat tomonidan tegishli qarorlar qabul qilingani» va «..tashkiliy masalalarda Toshkent shahar hokimligiga ma’lum topshiriqlar va vazifalar yuklatilgani»ga urg‘u bergan xolos.

Xullas, voqealar quyidagicha.

Joriy yilning 24 yanvar kuni «Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi «Congress Hall» majmuasida bo‘lib o‘tgan davlat tadbirini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar 1 milliard 768 million so‘mni tashkil etgan. Bu haqda hukumatning shu yilning 1 may kuni imzolangan tegishli farmoyishida ma’lumot berilgan.

Tadbirga tashrif buyurganlarni ovqatlantirish ishiga «Akfa Dream World» MCHJ mas’ul bo‘lgan. Bu haqdagi ma’lumot buyurtmachi Toshkent shahar hokimligi va ijrochi «Akfa dream world» MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomada aks etgan. Shartnomaga muvofiq, 24 yanvar kuni 800 kishining «Ballroom»da tushlik qilishiga 447 million 174 ming so‘m, «Shosh»da 400 kishining tushligi uchun 223 million 587 ming so‘m, «Toshkent 2-3-4»dagi 110 kishilik tushlikka 61 million 486 ming 425 so‘m sarflanishi nazarda tutilgan. Har bir shaxsning bitta tushligi 558 ming 967 so‘mdan hisoblangan.

Bundan tashqari, shu kuni 100 kishi uchun «Foye»dagi nonushtaga 7,7 million xarajat qilinishi ma’lum qilingan. 24 yanvar kuni «Congress Hall» zalida ham tushlik tashkil qilingan bo‘lib, unga 250 nafar kishi taklif qilingan. Zal ijara haqi (374 million 556 ming so‘m) va tushlik (har bir shaxs uchun 1,53 million so‘m) uchun 757 million 652 ming so‘m to‘lanishi shartnomada ko‘rsatilgandi.

Bajarilgan ishlar aktiga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar 1 milliard 302 million 260 ming so‘mni, qo‘shilgan qiymat solig‘i 195 million 339 ming so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, «Akfa Dream World» MCHJ 2017 yil 6 dekabr kuni tashkil etilgan kompaniya bo‘lib, iqtisodiy faoliyati turlarining umumdavlat tasniflagichiga (IFUT) ko‘ra, motorli transport vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya ta’sischilari va ularning ustav fonddagi ulushi haqidagi ochiq ma’lumotlar bazasida bir nafar jismoniy shaxs (Bahodir Abdullayev 43,5 foiz ulush bilan) hamda 3ta kompaniya («Wide Tent System» 26,8 foiz, «Asia Electron» 15,1 foiz va «Perfect Plast Profil» 14,6 foiz) ko‘rsatilgan. Kompaniyaga ayni paytda Jamshid Abidov rahbarlik qiladi.

2020 yil 2 iyun holatiga ko‘ra, kompaniya ta’sischilari va ustav fondda ulushga ega sub’ektlar qatorida 24,1 foiz bilan «Techno Continental» kompaniyasi ham mavjud edi. O‘z navbatida, mazkur kompaniya ustav fondidagi 62,5 foiz ulush «Artel Electronics»ga tegishli.

"Akfa" va "Artel" kompaniyalari esa Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegili ekanini bilmaydigan odam qolmadi hisob.

Manba: Xabar.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)