Volontyorlik faoliyati eng avvalo jamoat uchun foydalidir, har qanday shaxslarning manfaatlarini ko‘zlagan holda bepul va ixtiyoriy amalga oshiriladi.
Volontyorlik ishlari butun dunyo bo‘ylab jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. U jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni kamaytirish va dolzarb ijtimoiy muammolarni yengillashtirishda muhim omillardan biriga aylanib ulgurdi.
Bugungi kunda 80 dan ortiq mamlakatlarda yirik professional volontyorlik tashkilotlari mavjud. Ko‘ngilillar sektori jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy bo‘lagini tashkil etadi.
Mamlakatimizda ham volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra, volontyorlik orqali kam ta’minlanganlarga, ko‘p bolalilarga, boshpanasizlarga yordam ko‘rsatish, bemorlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, qariyalarni parvarishlash, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashish hamda boshqa usullarda xayriya ishlarini amalga oshirish mumkin.
Qonun bilan davlat organlariga volontyorlar (volontyor guruhlar, volontyor tashkilotlar) bilan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida shartnomalar tuzish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash imkonini berdi.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 4 dekabr kuni 959-son bilan “O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish, insonparvarlik, bag‘rikenglik hamda hamjihatlilikni qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Assotsiatsiyaning tashkil etilganligini “5 dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni”ga munosib sovg‘a deb hisoblash mumkin.
Adliya vazirligi mazkur tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga va xayrli ishlarni birgalikda amalga oshirishga umid bildirib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?