15:20 / 10.12.2020
3 202

Ota kenja farzandi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to‘ladi

Ota kenja farzandi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 24.08.2007 yildagi 1-13885/07-sonli qarzdor Oybek Tursunovdan undiruvchi Umidaxon Tursunova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi sud buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limida ijro hujjati mavjud.

Aniqlanishicha, O.Tursunovning 26.08.1999 yilda tug‘ilgan Abduraximov Bekzod va 2007 yilda tug‘ilgan Abduraximova Xadichabonu ismli farzandlari bo‘lib, to‘ng‘ich farzandi uchun aliment to‘lash zimmasidan soqit bo‘lgan, biroq kiyik farzandi Xadichabonu uchun yana 5 yil davomida aliment to‘lashi kerak bo‘lgan.

Byuroning tuman bo‘limiga ixtiyoriy ravishda tashrif buyurgan O.Tursunov kenja farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadarli bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berishini ma’lum qildi.

Davlat ijrochisi tomonidan hisoblangan summa esa qariyb 30 mln. so‘mga yetib bordi, ota rozi, endi navbat undiruvchi onaga bu haqda ma’lum qilinganida farzandining kelajagi uchun 30 mln. so‘m mablag‘ni qabul qilishini bildirdi. 01.12.2020 yilda Byuro tuman bo‘limi binosida qarzdor O.Tursunov 30 mln. so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berib, zimmasidagi otalik burchini bajardi hisob.

Undiruvchi arizasiga asosan ijro ishi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan tamomlanib, undiruvchining o‘ziga qaytarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota kenja farzandi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to‘ladi