Keyingi yildan boshlab propiskaga «bog‘lab qo‘yilgan» xizmatlar soni kamayadi

Keyingi yildan boshlab propiskaga «bog‘lab qo‘yilgan» xizmatlar soni kamayadi
«Aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratish hamda byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan boshlab fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan hamda yuridik shaxslarning pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar:

- fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish (nikohdan o‘tish, tug‘ilganlikni qayd etish va boshqa),
- nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish,
- xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish,
- tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tish,
- transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish eksterritorial tamoyil bo‘yicha amalga oshirilishi taklif etilmoqda.

Hozirda ushbu xizmatlar fuqarolarning doimiy yashash joylarida ko‘rsatilmoqda.
Muhokamada qatnashish uchun quyidagi havolaga o‘tishingiz talab etiladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar