18:25 / 19.12.2020
1 772

5 milliard so‘mdan ortiq tovarlar “qizil yo‘lak”da qizarib qoldi

5 milliard so‘mdan ortiq tovarlar “qizil yo‘lak”da qizarib qoldi
Turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi “Jizzax” TIF bojxona posti va Bojxona nazoratini tashkil etish bo‘limi xodimlari o‘zaro hamkorlikda katta miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning bojxona to‘lovlarisiz, noqonuniy olib kirilishiga bo‘lgan harakatni fosh etishdi.

Aniqrog‘i, “Jizzax” TIF bojxona postiga “Bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun xorijdan Samarqand shahrida joylashgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlar va uning bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etilgan ma’lumotlar bojxona xodimlari e’tiborini tortdi. Shundan so‘ng, mazkur tovarlar “sariq yo‘lak”dan “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilgan holda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Buni qarangki, amalga oshirilgan nazorat ko‘rigi besamar ketmadi. Ya’ni, ko‘rik davomida bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 5 milliard 54 million so‘mdan ziyod, 25 nomdagi avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Vaholanki, “uddaburon” tadbirkor tomonidan taqdim etilgan yuk kuzatuv hujjatlarida korxona nomiga umumiy qiymati 7870 AQSH dollariga teng bo‘lgan “Avtotransport vositasi ehtiyot qismlari” olib kelinishi ko‘rsatilgandi xolos. Biroq bojxonachilar bu nayrangni o‘z vaqtida fosh etishdi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 milliard so‘mdan ortiq tovarlar “qizil yo‘lak”da qizarib qoldi