
O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab murojaat qilgan. Ariza qabul qilingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, qaysidir vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlansa, u O‘zbekistonga olib kelingach, birinchi galda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘chalar tarbiyachilari emlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar