10:17 / 27.12.2020
3 064

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumi ishtirokchilariga o‘z sirini aytdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumi ishtirokchilariga o‘z sirini aytdi
2020 yilning 25 dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev kadrlar masalasida so‘z yuritdi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

- "Ilm va ta’limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta’lim o‘rganish bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz. Agar shuni hozirgi tarzda davom ettirsak, bugungi rejalarimizni amalga oshirib, hammamiz birgalikda harakat qilsak, albatta, natija bo‘ladi, men bunga ishonaman.

Viloyatlarda ham, Vazirlar Mahkamasida ham hali biz kutgandek, men kutgandek kadrlarni topish qiyin va tayyor kadrlar yo‘q. Men sizlarga bitta sirimni aytmoqchiman: nima uchun har safar viloyatlarga borganimda, 4-5 soat faollarni to‘plab, ularni eshitaman? Chunki quyi pog‘onadan zabardast, jo‘shqinlik bilan ko‘zi yonib, yurtini sevgan kadrlarni izlayman.

Mana shu mening sirim. Bitta narsani bilinglar, men sizlarni izlayman, sizlar shunga munosib bo‘lishlaringiz kerak. Bugungi birinchi tarixiy uchrashuvimiz doimiy bo‘lsin. Mehr ko‘zda, deyishadi. Bir-birimizga bo‘lgan mehrimiz abadiy bo‘lsin!
", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumi ishtirokchilariga o‘z sirini aytdi