2 481
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi haqida Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Sodiq Imomining fikrlari
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda qatnashgan Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Sodiq Imomi «Dunyo» AA muxbiriga o‘z fikr va mulohazalarini so‘zlab berdi:
— Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston parlamenti va xalqiga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomaga guvoh bo‘ldik. Unda katta vazifalar belgilandi, o‘tayotgan murakkab yilning dastlabki natijalari sarhisob qilindi. Pandemiya nafaqat butun dunyo, balki mintaqamiz, shu jumladan, O‘zbekistonga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois ushbu yo‘nalishda ijobiy natijalarga erishish bo‘yicha marralar ko‘zlandi.
O‘zbekistonda 2021 yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qilindi. Shu bilan birga ijtimoiy sohani mustahkamlash bo‘yicha ulkan maqsadlar qo‘yildi.
Raqobat muhitini yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish va tadbirkorlikni qat’iy qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy islohotlar hayotga izchil tadbiq etilishi ma’lum qilindi.
Tashqi siyosat borasidagi fikrlar bizda katta qiziqish uyg‘otdi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy konstruktiv siyosatning davom ettirilishi alohida urg‘ulandi.
Bu, albatta, bizning milliy manfaatlarimizga ham javob beradi. Biz o‘z sherikligimizni ilgari surishdan manfaatdormiz. Chunki bir mintaqada yashaymiz, sharoitimiz, maqsadlarimiz va muammolarimiz ham o‘xshash.
Rejalashtirilgan har bir chora-tadbirni amalga oshirish O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarning poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi va qardosh mamlakat salohiyatini yanada oshiradi, deb umid qilaman.
Yangi yil arafasida men o‘zbek xalqini kirib kelayotgan 2021 yil bilan tabriklayman. Barchaga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman! “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi