Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Xususan, xorijiy aviareys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqarolar K.A. va Yu.Z.larga tegishli bo‘lgan yuklar skaner qurilmalari yordamida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, yuklar orasidagi karton qutidagi kompyuter keysida bojxona nazoratidan yashirish maqsadida uddaburonlik bilan joylashtirilgan, umumiy qiymati 100 million so‘mlik kompyuter ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi