«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ bosh direktori Murodboy Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi.
Urganch shahar xalq deputatlari kengashi a’zosining Kun.uzga aytishicha, Bazarimbetov o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulab berish uchun tadbirkordan 20 ming dollar so‘raganlikda gumonlanmoqda. Keyinchalik bu qiymat 15 mingga tushirilgan.
Shundan so‘ng, tadbirkor deputatga shikoyat qilgan, u esa huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Tadbirkor maxsus tadbirda hamkorlik qilishga rozilik bergan. 24 dekabr kuni Murotboy Bazarimbetov o‘rtadagi ishonchli shaxs pulni kabinetiga kiritib berganidan so‘ng, ushlangan.
Tezkor tadbirda o‘rtadagi shaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning: «Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumbochkaga qo‘y», — degan so‘zlari ham bor.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda, Murotboy Bazarimbetov esa hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Transformator o‘rnatib berish evaziga 3800 dollar so‘ragan «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» xodimi qo‘lga olindi

Xorazmda «bola puli» tayinlash evaziga 400 ming so‘m talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olindi

Tadbirkorlar foydasiga 500 mln. so‘mdan qarzdorlik undirib berildi

Salkam 7 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Fohishaxona tashkil etgan shaxs tergovchiga pora berayotgan vaqtda qo‘lga olindi (video)

Namangan san’at kolleji o‘qituvchisi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)