15:43 / 20.01.2021
5 733

Kattaqo‘rg‘onda zo‘rlangan o‘smir bedarak yo‘qolgan, aybdorlardan biri to‘satdan vafot etgan

Kattaqo‘rg‘onda zo‘rlangan o‘smir bedarak yo‘qolgan, aybdorlardan biri to‘satdan vafot etgan
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan holat haqida prokuratura bayonot berdi. Bayonotda keltirilgan voqealar rivoji chigal ko‘rinish olganini ilg‘ash mumkin. O‘zining zo‘rlanganini aytib IIBga murojaat qilgan voyaga yetmagan shaxs oradan bir hafta o‘tib, bedarak yo‘qolgan. Zo‘rlashda ayblangan fuqarolardan biri uyida vafot etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 2 yanvar kuni 2004 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan P.E. Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqaro I.S. o‘zining «Matiz» rusumli avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on shahar «Chinobod» mahallasi hududiga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanligini, shuningdek, fuqaro S.R. ham «VAZ 2106» rusumli avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan «Suv ombori» hududiga olib borib, uni zo‘rlab jinsiy aloqa qilganligini ko‘rsatib ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruvga kirishilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan, ishga aloqador shaxslarning ko‘rsatuvlari olinib, voyaga yetmagan P.E.ning tanasida tan jarohatlariga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.

Ishda to‘plangan dalillarga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan hududiy tegishliligi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, P.E.ning arizasida ko‘rsatilgan fuqaro S.R. 2021 yil 13 yanvar kuni o‘zining Kattaqo‘rg‘on tuman «Saroyqo‘rg‘on» mahallasida joylashgan uyida vafot etganligi aniqlangan.

Fuqaro S.R.ning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 2021 yil 14 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasiga fuqaro S.S. ariza bilan murojaat qilib, unda voyaga yetmagan farzandi P.E. 10 yanvar kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kattaqo‘rg‘onda zo‘rlangan o‘smir bedarak yo‘qolgan, aybdorlardan biri to‘satdan vafot etgan