1 863
Urganchda tug‘ilmagan bolasini 9 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olindi
Urganch tumanidagi Bekobod qishlog‘ida yashovchi P.K. nikohsiz yashayotgan turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib, hali tug‘ilmagan 4 oylik farzandini sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda «Postda.uz» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hazorasplik T.B. homilaga xaridor bo‘lgan. Ikki tomon kelishuvi asosida 4 oylik homila tug‘ilgandan so‘ng olish sharti bilan 9000 dollarga baholangan.
P.K. turmush o‘rtog‘i bilan kelishilgan pulning 6000 dollarini olayotgan paytida ashyoviy-dalillar bilan qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda oxirgi ikki yil ichida chaqaloq savdosi bo‘yicha 49 nafar ota-ona va 38 nafar vositachi ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ammo aybdorlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashda yengilliklar berib yuborilmoqda. Xususan, 2019—2020 yillarda farzandini sotgan ota-onalarning 38,8 foiziga, vositachilarning esa bor-yo‘g‘i 5,2 foiziga qamoq chorasi qo‘llanilgan, xolos.
Qolganlariga esa sinov muddati, axloq tuzatish ishlariga jalb etish kabi choralar qo‘llanilgan. 2020 yilning dekabr oyida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva chaqaloq savdosi ishtirokchilariga nisbatan jinoiy jazoni kuchaytirish lozimligini ta’kidlab, IIV va Oliy sud vakillariga topshiriq bergan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi