19:10 / 27.01.2021
814

9 nafar fermer qariyb 3,5 mlrd. so‘m kredit qarzini ixtiyoriy ravishda to‘ladi

9 nafar fermer qariyb 3,5 mlrd. so‘m kredit qarzini ixtiyoriy ravishda to‘ladi
Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston tumani bo‘limiga joriy yilning 12 yanvar kuni O‘zbekiston tumanlararo iqtisodiy sudining 25.12.2020 yildagi qarorlariga asosan ATB “Agro bank” O‘zbekiston tuman filiali foydasiga “Mamadali o‘nboshi” fermer xo‘jaligidan 370.714.840 so‘m, “Oqtosh gavhari” fermer xo‘jaligidan 314.482.840 so‘m, “Aliakbar Aziz fayz” fermer xo‘jaligidan 508.276.840 so‘m, “Nargiza Komron orzusi” fermer xo‘jaligidan 589.453.840 so‘m, “Esaxon Odilov” fermer xo‘jaligi tomonidan 452.659.840 so‘m, “G‘aniyev Nuriddin” fermer xo‘jaligidan 408.788.840 so‘m, “Yakkatutlik Dilshodbek” fermer xo‘jaligidan 262.642.840 so‘m, “Muso Ibroxim Muhammad” fermer xo‘jaligidan 327.025.840 so‘m va “Fayzli Azamat xirmoni” fermer xo‘jaligidan 243.297.921 so‘m jami 9 ta fermer xo‘jaliklaridan 3.477.343.641 so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha joriy yilning 13 yanvar kuni 9 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan tuman hokimligi va bank muassasasi mas’ul xodimlari ishtirokida bevosita uchrashuv tashkil qilinib, ularga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda to‘lab berishlari uchun 15 kunlik muddat belgilangan va ushbu muddatda bajarilmagan taqdirda huquqiy oqibatlari tushuntirilgan.

Majburiy ijro harakatlarining huquqiy oqibatlarini yaxshi anglagan 9 afar fermerlar tomonidan davlat ijrochisi tomonidan belgilangan 15 kunlik ixtiyoriy muddat davomida 24.01.2021 yil kuni jami 3 mlrd. 477 mln. 343,6 ming so‘m kredit qarzi to‘liq undirib berildi. Shunga ko‘ra, mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha yuritilgan ish yuritish qonunda belgilangan tartibda tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)