
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 25.12.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor F.Xodjimatovdan undiruvchi N.Axatjanova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun xar oyda oylik ish xaqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdoridan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Qarzdor tomonidan aliment pullari o‘z vaqtida to‘lab boriladi. Shunga qaramay, ajrimdagi oilaning tiklanishiga hissa qo‘shish maqsadida qarzdor F.Xodjimatov va undiruvchi N.Axatjonova ishtirokida o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibotlar natijasida ajrimdagi ota-ona voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining kelajagiga befarq bo‘lmay, oilani tiklashdi.
Ushbu yarashtiruv natijasida yana bir yosh oila tiklandi va ikki nafar farzandlar endi o‘z otasiining bag‘rida ekanliklaridan juda baxtiyorlar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar