O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining delegatsiyasi – mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Prezident Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.
Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi sur’atini saqlab qolish va avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekanini alohida ta’kidladi.
Bu borada so‘z yuritilganda, avvalo, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uni yaqin yillarda kamida 2 milliard dollarga yetkazish uchun qulay sharoitlar yaratish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va logistika sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlarni amalga oshirishni qayd etish lozim.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Afg‘oniston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Prezidentini ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.
O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan qat’iy sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirildi.
Bugun Toshkent shahrida xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari ishtirokida o‘tgan Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh birinchi yig‘ilishining samarali yakunlari yuksak baholandi.
Uchrashuvda tomonlar ushbu loyihani tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash, qabul qilingan «yo‘l xarita»si asosida xorijiy hamkorlar va salohiyatli investorlarni faol jalb qilish muhim ekanini ta’kidladilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi