779
DXX onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladigan 420 mln. so‘mlik dori vositalarini fosh etdi

DXX Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida kuzatuvga olingan yuk avtomashinasi Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga kirib kelgan vaqtida to‘xtatib tekshirildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan katta miqdordagi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 20 turdagi 5 ming donadan ortiq dori vositalarining umumiy qiymati qariyb 420 mln. so‘mni tashkil qiladi.
Ta’kidlash lozimki, noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan ushbu dori vositalari Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning aksariyati onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Shifokorlarga dori vositalarini sotishga ruxsat berilgani rostmi?

“Kobalt”dagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manzilga yetib bormadi

Sardobada MIB tadbirkor foydasiga 193,7 mln.so‘m miqdordagi qarzdorlikni undirib berdi

Yirik miqdordagi tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

“Neksiya”ga yashirilgan kuchli ta’sir etuvchi dorilar fosh etildi

Neksiyadagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga yetib bormadi