Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, qonun hujjatlarini ekspertiza yo‘nalishi juda ahamiyatli yo‘nalish hisoblanib, hozirda vazirlikka kelayotgan hujjatlarning 33 foizi qaytarib yuborilmoqda.
«2020 yilda 400taga kamroq hujjat kelib tushdi. 2300ta hujjat ekspertizaga kelgan bo‘lsa, ularning har uchtadan bittasini - 33 foizini vazirlik o‘tkazmadi. Bu juda yuqori foiz, deb o‘ylaymiz. Chunki biz sifat nuqtayi nazaridan korzinkaga ishlayapmiz.
Idoraviy hujjatlar bo‘yicha 50 foizgacha hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan qaytarib yuboryapmiz. Bu tashkilotning o‘ziga tegishli buyruqlar emas, balki butun jamiyatimizga tegishli umummajburiy normalar to‘g‘risida gapiryapmiz», – dedi Ruslanbek Davletov vazirlikning yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq muloqotda.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, hozirda qonunchilikda gilotina – kesib tashlash uslubi qo‘llanilmoqda.
«Bizda qonun hujjatlarining bazasi juda katta. Oxirgi 4-5 yilda mustaqillikka erishganimizdan buyon qabul qilingan qonun hujjatlarning 25 foizini qabul qildik. Qonunlar ko‘p bo‘lsa tadbirkorlar va fuqarolar tushunishi qiyin bo‘ladi.
Shuning uchun 500ta prezident hujjati birdaniga bekor bo‘ldi, 400ta idoraviy hujjatni bekor qildik. Bu oson bo‘lmadi. Chunki vazirliklar o‘zini 1995 yilda qabul qilingan hujjatini ham kerak bo‘lib qolishi mumkin deya, bekor qilishga qarshilik qildi. Qiyin suhbatlarimiz bo‘ldi, vazirlar ham o‘zgaryapti, buni qila oldik. Hozir yana 2 mingta hukumat hujjati bekor qilinishga tayyor turibdi. Bugun-erta imzolanishi kerak. Buning orqasidan butun qonunchilik massivimizni 10 foizga maqbullashtiramiz», – deya qo‘shimcha qildi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ruslan Davletov: «Cheklashga juda ustamiz, buni judayam zo‘r uddalaganmiz»

Murojaatdan so‘ng: minglab fuqarolar stiker uchun bergan arizasini qaytarib oldi

Ruslanbek Davletov: «Deputatmi, xalq undan talab qiladi. Bu to‘g‘ri»

Propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘lishi kerak — Ruslanbek Davletov

Qamoqxonalar IIVdan Adliya vazirligi tizimiga o‘tkaziladimi?

Adliya vaziri soqol va hijob mavzusidagi bahslarga munosabat bildirdi (video)