1 393
Olimlar koronavirusni boshdan o‘tkazganlarga vaksinaning ikkinchi dozasi kerak bo‘lmasligi mumkinligini aytishdi
Koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda vaksinaning birinchi dozasi kiritilgandan keyin unga chalinmaganlarga kiritilgandagidan ko‘proq darajada antitanalar ishlab chiqariladi. Olimlarning ta’kidlashicha, bunday kishilarga vaksinaning ikkinchi dozasini kiritishga ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin.
Koronavirusdan sog‘aygan odamning organizmi vaksinaning birinchi dozasidan keyinoq zarur immun javob hosil qiladi. Bu esa vaksinaning ikkinchi dozasiga ehtiyoj qoldirmaydi va hozirda cheklangan miqdorda ishlab chiqarilayotgan vaksinalarni qolgan odamlar orasida taqsimlashga imkon beradi.
The Wall Street Journal nashrining ma’lum qilishicha, Merilend universiteti tibbiyot maktabida bu borada tadqiqot o‘tkazilgan. Tadqiqotda 59 nafar tibbiy xodim ishtirok etgan. Olimlar tadqiqot davomida koronavirusni boshdan o‘tkazgan 42 ishtirokchida koronavirusga hali chalinmagan 17 ishtirokchiga nisbatan ko‘proq darajada antitanalar ishlab chiqarilganini aniqlashdi.
Shu bilan birga koronavirusni boshdan o‘tkazganlarning organizmida immun javobi shunchalar yuqori bo‘lganki, u koronavirusga chalinmay vaksinaning ikki dozasini olgan odamlardagi kabi darajaga yetgan. Koronavirusni boshdan o‘tkazgan ishtirokchilarda virus emlashgacha 8-9 oy oldin aniqlangan. Ular vaksina olganlaridan, 1 hafta o‘tiboq antitanalar darajasi virusga hali chalinmaganlarga nisbatan 500 marta yuqoriroq bo‘lgan.
Koronavirusni boshdan o‘tkazgan bemorlarda vaksinaning birinchi dozasi kiritilgandan keyin antitanalarning tezroq ishlab chiqarilishi va yuqoriroq darajaga yetishi kuzatiladi. Haqiqatan ham kasallikka chalinganlarga vaksinaning bir dozasi yetarli bo‘lsa, qolgan vaksinalarni ko‘proq odamlar orasida taqsimlashga imkoniyat paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga bir dozani kiritish bilan kifoyalanish tahlil o‘tkazish zaruriyati sababli qimmatga tushishi va ko‘proq mehnat talab qilishi mumkin. Tahlil o‘tkazish esa vaksinaning bir dozasi kimga yetarli bo‘lgani yoki bo‘lmaganini aniqlash uchun zarur bo‘ladi.
Isroilning Xaim Shiba nomidagi tibbiyot markazi olimlarining ta’kidlashicha, Pfizer vaksinasining bir dozasi ham yuqori samaradorlikka ega. Ularning aytishicha, vaksina kiritilgandan 15-28 kun keyin samaradorlik 85 foizni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi