12:45 / 03.03.2021
936

«Uzbekistan airways» 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi

«Uzbekistan airways» 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi
Foto: «Uzbekistan Airways»
Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan aksiya doirasida 2021 yil 20 – 22 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga 30 foizdan 50 foizgacha chegirmalar belgilandi. Bu haqda kompaniya tomonidan xabar berildi.

Qayd etilishicha, ushbu aksiya doirasida quyidagi chegirmalar taqdim etiladi:
  • individual yo‘lovchilar uchun – 30%,
  • sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari, O‘zbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ va boshqa idoralar tizimi maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari va tinglovchilari uchun – 40%,
  • oila uchun (2 va undan ortiq kishi, ya’ni er va xotin ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bor bo‘lgan ota yoki 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bo‘lgan ona) uchun – 50%,
  • pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun – 50%,
  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun – 50%,
  • Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun – 50%.

Mahalliy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan qatnovlar:
Urganch - Farg‘ona
Farg‘ona - Urganch
Toshkent - Nukus
Nukus - Toshkent
Toshkent - Urganch
Urganch - Toshkent
Toshkent - Termiz
Termiz - Toshkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Uzbekistan airways» 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi