
Forish tuman iqtisodiy sudining 26.01.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “SOHIBKOR IQBOLI” fermer xo‘jaligi hisobidan undiruvchi “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ foydasiga 105.440,1 ming so‘m asosiy qarz hamda 17.840 so‘m so‘m pochta xarajatlari undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Yangiobod tuman bo‘limi shi yurituviga 27.01.2021 yilda kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor “SOHIBKOR IQBOLI” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlik naqd pul ko‘rinishida to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.
Shunga ko‘ra, ushbu ijro hujjati ijrosi ta’minlanganligi sababli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan ish yurituvdan tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar