17:05 / 05.03.2021
1 350

178 million so‘mlik nayrang fosh bo‘ldi

178 million so‘mlik nayrang fosh bo‘ldi
Bojxona idoralari tomonidan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro H.S. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi bojxona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi davomida tovarning yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati salkam 98 million so‘mlik tovar moddiy boyliklari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, mazkur postga kirib kelgan, fuqaro S.S boshqaruvidagi “Mersedes-Benz” rusumli yuk avtomashinasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, avtomashina yukxonasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 80 mln. so‘mlik xurmo borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 178 million so‘mlik nayrang fosh bo‘ldi