17:30 / 05.03.2021
1 436

Ko‘zoynak g‘ilofi ichiga yashirilgan og‘u fosh bo‘ldi

Ko‘zoynak g‘ilofi ichiga yashirilgan og‘u fosh bo‘ldi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Kuni kecha, “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, xizmat iti yordamida «Istambul-Toshkent» yo‘nalishida xuquqbuzarlik holati aniqlandi.

“Toshkent” xalqaro aeroportining umumiy uchib kelish zalidagi «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro N.M.ning qo‘l yuki belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilildi.

Natijada, sumkadagi ko‘zoynak g‘ilofi ichida polietilenga o‘ralgan, bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan umumiy og‘irligi taxminan salkam 4 grammni tashkil etuvchi o‘ziga xos spetsifik hidga ega, jigar rangli dastlabki xulosalarga ko‘ra gashish giyoxvandlik moddasi borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan ekspertiza ham aniqlangan giyohvandlik vositasi gashish giyohvandlik vositasi ekanligini tasdiqladi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘zoynak g‘ilofi ichiga yashirilgan og‘u fosh bo‘ldi