16:28 / 06.03.2021
1 748

«Avvallari biror oila ajrashsa, duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi» – Shavkat Mirziyoyev

«Avvallari biror oila ajrashsa, duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi» – Shavkat Mirziyoyev
«Avvallari biror oila ajrashsa, duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi» – Shavkat Mirziyoyev oilaviy ajrimlar haqida
2021 yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollar hamda yolg‘iz onasi qaramog‘ida o‘sgan qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida budjetdan 200 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi. Boshpanasi bo‘lmagan ayollarni ijara asosida «ijtimoiy uy-joylar» bilan ta’minlash uchun yana 211 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda ayni paytda Tashkent City Kongress-xollda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan davlat tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tdi, deya xabar berdi «Daryo».

- "Bundan tashqari, boquvchisini yo‘qotgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlarga moddiy yordam berish va malakali tibbiy yordamga muhtoj ayollarni davolashga qo‘shimcha 110 milliard so‘m ajratiladi. Shu bilan birga, ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun budjetdan qo‘shimcha 600 milliard so‘m ajratiladi.

Yana bir muhim masala, keyingi paytda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda. Buni ajralish yoqasiga kelib qolgan 23 mingga yaqin oila yarashtirilgani, ajrimlar soni mingdan ziyodga kamaygani ham ko‘rsatib turibdi. Lekin bir achchiq haqiqatni tan olishimiz kerak. Bu raqamlar hamon yuqori bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Avvallari biror oila ajrashsa, mahallada duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi. Ajrim — bu katta fojia. Albatta, barchamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani endi, yurtimizda ajrim degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa... Oilalar parokanda, bolalar tirik yetim bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lmasa... Men bir fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman. Oila – bu mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor
", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Avvallari biror oila ajrashsa, duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi» – Shavkat Mirziyoyev