
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i N.T. firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan «O.» MCHJning 2020 yildagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 230 mln so‘m salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilishini tezlashtirib berish evaziga jamiyat hisobchisidan ushbu summaning 5 foizi, ya’ni 11,5 mln so‘m talab qilib, 1 000 AQSH dollari va 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbtan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar