So‘nggi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2021 yilgi Haj mavsumini tashkil etilishi bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur masala yuzasidan maxsus axborotini taqdim etdi.
«Shuni ma’lum qilamizki, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra ishlari bo‘yicha Attashe bilan mazkur masalada muntazam aloqa o‘rnatgan. Shundan kelib chiqib, quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda «Muqaddas Xaj Safariga rasman ruxsat berildi. Faqatgina xaj safariga bormoqchi bo‘lganlar koronavirusga vaksina qabul qilgan bo‘lishlari shart» va boshqa shu kabi sarlavhalar ostida tarqatilayotgan xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emas.
Ikkinchidan, bu kabi xabarlarning tarqalishi va turlicha talqin qilinishi – Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirining «Haj mavsumi ziyoratchilarini qabul qilishning asosiy sharti – «COVID-19»ga qarshi emlangani bo‘ladi», mazmunidagi intervyusiga asoslangan.
Uchinchidan, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror e’lon qilinmagan.
Haj va umra ziyoratlari bilan bog‘liq asosli ma’lumotlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e’lon qilinadi.
Shu o‘rinda, yurtdoshlarimizdan yuqoridagi kabi asossiz va chalg‘ituvchi xabarlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz.
O‘z navbatida, OAV vakillarini aholi orasida turli tushunmovchilik keltirib chiqaradigan, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz!», - deyiladi axborot yakunida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi