08:00 / 13.03.2021
1 528

“Lasetti”dagi dori vositalari fosh bo‘ldi

“Lasetti”dagi dori vositalari fosh bo‘ldi
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 108 million so‘mlik, jami 900 dona “Tropikamid 10 mg.” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lasetti”dagi dori vositalari fosh bo‘ldi