3 266
Jizzaxda qizlarga raqqosalik va fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratib bergan ayol ushlandi
Jizzax shahrida 2014 yildan beri qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan 40 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, ayol Jizzax shahrining «Ittifoq» mahallasidagi uyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan bo‘lgan 8-10 nafar ayolni saqlab, ularni to‘y va marosimlarga raqqosalikka yuborish, shuningdek, jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib kelgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpog‘istonda yashovchi 38 yoshli va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi 30 yoshli ayollar xizmat uchun kelishilgan 500 ming so‘mdan 150 ming so‘mini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin